Jamiyatning maqsad va vazifalari
Jamiyatning asosiy faoliyati
“O’zenergota’minlash” AJning asosiy faoliyati "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ tarkibidagi korxonalar va ob'ektlar uchun ishlab chiqarish-texnik ekspluatatsiyasi, ta'mirlash ehtiyojlari va kapital qurilish uchun materiallar, uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, mashina va mexanizmlarni markazlashgan holda xarid qilish hisoblanadi.
Jamiyat yuklarni belgilangan manzilgacha tashish, omborxona binolari va ochiq maydonchalarni ijaraga berish xizmatlarini ham ko'rsatadi.
Jamiyatning huquqlari
- Energetika tarmog'i korxonalarining mahsulot hamda xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o'z faoliyatini mustaqil rejalashtirish;
- Rivojlanish istiqbollarini belgilash, ishlab chiqarish va ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlash;
- Aksiyadorlar va mehnat jamoasi a'zolarining shaxsiy daromadlarini oshirish yo'llarini belgilash;
- O'z nomidan ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan shartnomalar va kontraktlar tuzish.
Umumiy maqsadlar
“O’zenergota’minlash” AJ "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ tarkibidagi mustaqil korxona bo'lib, yuridik shaxs hisoblanadi. Aksiyadorlarning umumiy maqsadi — jamiyatni jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va ko'rsatilayotgan xizmatlarning yuqori sifatini ta'minlashdir.