Jamiyat Tarixi
Bizning rivojlanish yo'limiz - bu fidoyilik, innovatsiyalar va respublikamiz energetika barqarorligi yo'lidagi intilishlar tarixidir.
Jamiyatning tashkil etilishi
O'zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining 1994-yil 22-yanvardagi 17-sonli buyrug'i asosida “O’zenergota’minlash” ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Bu korxona respublika energetika tizimini barqaror ta'minlash yo'lidagi ilk qadam bo'ldi.
OAJga aylantirilishi
Toshkent shahar Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasining 2003-yil 21-noyabrdagi 912-sonli buyrug'iga asosan korxona Ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Bu bosqichda jamiyat o'z faoliyatini mustaqil rejalashtirish, xorijiy investorlar bilan shartnomalar tuzish va aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega bo'ldi.
AJga aylantirilishi
O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq, Jamiyat "O'zenergota'minlash" aksiyadorlik jamiyatiga sifatida qayta tashkil etildi. Bu boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga xizmat qildi.
Strategik rivojlanish va markazlashgan ta'minot
Bugungi kunda “O’zenergota’minlash” AJ "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ tarkibidagi markazlashgan xaridlar bo'yicha asosiy operator hisoblanadi. Jamiyat Qibray bazasi (3,39 ga), bojxona ombori va zamonaviy logistika infratuzilmasi orqali energetika tarmoqlarini materiallar va uskunalar bilan uzluksiz ta'minlab kelmoqda.