Rivojlanish strategiyasi

“O’zenergota’minlash” AJ rahbariyati va bo'lim boshliqlari tomonidan «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ korxonalarini moddiy-texnik ta'minlash masalalari bo'yicha muntazam tahlillar o'tkaziladi, ishlab chiqarilayotgan va yetkazib berilayotgan mahsulotlar bozori o'rganiladi, ish samaradorligini oshirish bo'yicha qarorlar qabul qilinadi. Energetika tarmog'i korxonalarining ta'mirlash va foydalanish ehtiyojlari uchun moddiy-texnik resurslarga bo'lgan talabini aniqlashtirish bo'yicha «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boshqarmalari va xizmatlari bilan yaqin hamkorlik olib boriladi.

Energetika tarmog'i korxonalarini moddiy-texnik resurslar va uskunalar bilan o'z vaqtida va sifatli ta'minlash, Jamiyatning barqaror va dinamik rivojlanishi, turli xizmatlar ko'rsatish, shartnoma majburiyatlarini bajarish, investitsiyalarni jalb qilish, qo'shimcha foyda olish va kelgusi moliyaviy muvaffaqiyatlar — bularning barchasi aksiyadorlik jamiyatiga barqarorlik va ishonchlilikni kafolatlaydi.