Sayt ishlab chiqish jarayonida
uz ru en
IES Logo
“O‘ZENERGOTA’MINLASH” AKSIYADORLIK JAMIYATI

Jamiyatning tashkil etilish tarixi

“O‘zenergota'minlash ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining 1994-yil 22-yanvardagi 17-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.

Keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasining (hozirgi Davlat raqobat qo‘mitasi) 2003-yil 21-noyabrdagi 912-pp-r-sonli buyrug‘iga muvofiq, “O‘zbekenergo” DAK tarkibidagi “O‘zenergota'minlash davlat ishlab chiqarish birlashmasi Ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan.

So‘ngra, O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-maydagi ZRU-370-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan,“O‘zenergota'minlashochiq aksiyadorlik jamiyati “O‘zenergota'minlash aksiyadorlik jamiyatiga qayta tashkil etilgan.

FAOLIYATINING ASOSIY MAQSADI

“O‘zenergota'minlash AJning asosiy faoliyati – issiqlik elektr stansiyalari AJ korxonalari va obyektlarining ishlab chiqarish-texnik ekspluatatsiyasi, ta’mirlash ehtiyojlari hamda kapital qurilish ishlari uchun materiallar, uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, mashina va mexanizmlarni markazlashgan holda xarid qilishdan iborat.

Shuningdek, jamiyat quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

  • yuklarni belgilangan manzilgacha tashish;
  • avtotransport vositalarini ijaraga berish;
  • omborxona binolari va ochiq maydonlarni ijaraga berish;
  • ko‘char va ko‘chmas mulkni ijaraga berish.

JAMIYAT HUQUQLARI

Jamiyat o‘z faoliyatini amalga oshirish va oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi huquqlarga ega:

  • energetika sohasidagi korxonalar ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyatini mustaqil rejalashtirish;
  • rivojlanish istiqbollarini belgilash;
  • ishlab chiqarish va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash;
  • aksiyadorlar va mehnat jamoasi daromadlarini oshirish yo‘llarini aniqlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq o‘z nomidan ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va pudratchilar, shu jumladan xorijiy investorlar bilan shartnomalar tuzish.

HUQUQIY  MAQOMI

“O‘zenergota'minlash AJ “O‘zbekenergota'mirAJ tizimidagi mustaqil korxona bo‘lib, yuridik shaxs hisoblanadi. U mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va maxsus hisobvaraqlarga ega.

AKSIYADORLAR MAQSADI

Jamiyat aksiyadorlarining umumiy maqsadi – jamiyatni barqaror rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, qo‘shimcha foyda olish hamda moliyaviy natijalarni yaxshilash orqali aksiyadorlar farovonligini ta’minlash va xizmatlar sifatini yuqori darajada saqlashdir.